
Asakada Gumbaz mahallasida yangi angar usulida ishlab chiqarish korxonasi qurilmoqda
Asaka tumani Gumbaz mahalla fuqarolar yig'inida temir mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxona qurilishi boshlandi.

Paxtaobodda Nodirabegim mahallasida yangi savdo majmuasi qurilishi ko'zdan kechirildi
Viloyat va tuman rahbariyati Paxtaobod tumanidagi yangi savdo majmuasi qurilish jarayoni bilan tanishdi, ishlar sifati va muddatlari muhokama qilindi.

Andijon texnikasi yordamida Belarusda o'zbek sarimsoqpiyozi ekila boshlandi
Belarusning Vitebsk viloyatida O'zbekistondan olib kelingan "Qizil may" qish sarimsoqpiyoz navi sinov maydonlarida ekilmoqda, bu jarayonda Andijon viloyatidagi "Texmash" qo'shma korxonasi texnikasidan foydalanilmoqda.

O'zbekiston va Qozog'iston yangi chegara bojxona postlarini ochish masalalarini muhokama qildi
Andijon va Qozog'iston vakillari "G'ishtko'prik" va "Jibek yo'li" chegara postlarini bir vaqtda ishga tushirish bo'yicha kelishib olishga harakat qilmoqda.

Andijon tumanida 126 milliard so'mlik tikuv fabrikasi binosi kredit qarzi uchun hatlab qo'yildi
"Vodiy klaster-tekstil" MChJning kredit qarzini o'z vaqtida to'lamagani sababli, Andijon tumanida joylashgan 10 ming kvadrat metrlik tikuv fabrikasi binosi hatlab qo'yildi. Mol-mulk hozir onlayn-auksionga chiqarish uchun tayyorlanmoqda.

Paxtaobod tumani paxta yetkazib berish bo'yicha shartnomaviy rejani bajardi
Paxtaobod tumanidagi fermer xo'jaliklari joriy yilgi paxta yig'im-terimi mavsumida shartnomaviy rejani to'liq bajarib, viloyatdagi ilg'or tumanlar qatoriga qo'shildi.