Paxtaobod tumani Nodirabegim mahallasi hududida barpo etilayotgan yangi savdo majmuasida qurilish-bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.
Viloyat hokimining birinchi o'rinbosari Akmaljon To'lanov va tuman hokimi Davronbek Sattarov mazkur ob'ektda olib borilayotgan qurilish jarayonini ko'zdan kechirdi. Tashrif chog'ida mas'ullar bilan suhbatlashilib, ishlarning borishi, sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi masalalari muhokama qilindi.
Rahbariyat tomonidan qurilish ishlarini sifatli va o'z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berildi. Yangi savdo majmuasining ishga tushirilishi hududda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va aholi bandligini ta'minlashga xizmat qiladi.



