Asaka tumani Gumbaz mahalla fuqarolar yig'ini hududida temir mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona qurilishi boshlandi.
Tuman hokimi N. Mo'minov qurilish maydoniga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar jarayoni bilan yaqindan tanishdi hamda loyihaning borishini ko'zdan kechirdi.
Hokimning qurilish jarayoni bilan bevosita tanishishi loyihaning belgilangan muddatlarda yakunlanishiga e'tibor qaratilayotganidan dalolat beradi.



