Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining 2026-yil 22-avgustdagi ijro hujjatiga ko'ra, "Vodiy klaster-tekstil" MChJ "Biznesni rivojlantirish banki" ATB oldidagi 27,5 milliard so'mlik kredit qarzini to'lashi belgilangan edi.
Qarzni qoplash uchun undiruv korxonaga tegishli, Andijon tumanida joylashgan, maydoni 10 ming kvadrat metrdan iborat va qiymati 125,9 milliard so'm deb baholangan tikuv fabrikasi binosiga qaratilgan.
Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi xodimlari qarzdorga bir necha bor ogohlantirish berib, ijro harakatlarini davom ettirgan. Biroq kredit qarzi belgilangan muddatda to'lanmagach, umumiy qiymati 126 milliard so'mga yaqin bo'lgan bino-inshoot hatlab qo'yildi.
Hozirgi kunda hatlangan mol-mulkni elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarish bo'yicha tegishli choralar ko'rilmoqda.



