Paxtaobod tumanida joriy yilgi paxta yetishtirish mavsumi yakunlanib, dehqon va fermer xo'jaliklari davlat bilan tuzilgan shartnomada belgilangan rejani muvaffaqiyatli bajardilar.

Ma'lumotlarga ko'ra, yil boshida tumandagi 216 nafar fermer xo'jaligi jami 4450 gektar yerga chigit ekkan edi. Mavsum davomida olib borilgan parvarish ishlari natijasida bu maydonlardan mo'l hosil yetishtirilib, xomashyo paxta qabul qilish punktlariga topshirildi.

Jami hisobda tumanda 23 480 tonna paxta yetishtirilgani qayd etilgan, bu esa har gektardan o'rtacha 53 sentnerdan hosil olinganini bildiradi. Ushbu ko'rsatkich bilan Paxtaobod tumani viloyatdagi ilg'or tumanlar safidan joy oldi.

Tuman rahbariyati yuqori natijaga erishgan dehqon va fermerlarni mehnat g'alabasi bilan tabrikladi.