"Prezident Olimpiadasi" doirasida davom etayotgan para suzish bo'yicha musobaqalarda Paxtaobod tumani sportchisi Kozimjonov Oyatullo muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Sportchi musobaqada faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritib, oltin medalga sazovor bo'ldi.

Paxtaobod tumani hokimligi bu yutuqni sportchining tinimsiz mehnati va matonati natijasi sifatida baholadi va unga kelgusi musobaqalarda ham yangi yutuqlar tilagan.