Andijon shahridagi 31-maktabning 3-sinf o'quvchisi, 9 yoshli Shuxratov Muhammad Ali G'ayratbek o'g'li 9-10 yoshlilar o'rtasida o'tkazilgan grappling bo'yicha O'zbekiston kubogi musobaqasida faxrli 1-o'rinni egalladi.

Yosh sportchi sport sirlarini murabbiylari Karobayev Jahongir va Sodiqov Jasurbeklardan o'rganib, izchil shug'ullanish natijasida yuksak natijalarga erishib kelmoqda.

Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati bergan ma'lumotga ko'ra, yosh sportchining bu yutug'i shahardagi yoshlar orasida sport ixlosmandlarining safi kengayib borayotganidan dalolat beradi.