Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdagi Ilmiy kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda institut faoliyatining muhim yo'nalishlari, ta'lim muhitini takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda akkreditatsiya jarayonlariga tayyorgarlik holati muhokama qilindi.
Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Gulhayo Xolmatova institutda xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta'minlash, tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar haqida ma'lumot berdi. Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Farruxbek Rasulov xorijiy fakultet faoliyati bo'yicha hisobot taqdim etdi.
TSNQB boshlig'i A. Pakirdinov institutning akkreditatsiyaga tayyorgarlik holati, belgilangan talablar asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda tegishli hujjatlarni tartibga keltirish masalalari yuzasidan hisobot berdi. Yig'ilish yakunida kun tartibidagi masalalar bo'yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.



