Andijon tumani Tolmazor mahallasida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan "Modern Kids" nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi foydalanishga topshirildi. Yangi bog'cha bir vaqtning o'zida 100 nafar bolani qabul qilish imkoniyatiga ega.

Avvallar mahallada bo'sh turgan bino zamonaviy jihozlar bilan jihozlanib, unda maktabgacha ta'lim tashkilotining faoliyati yo'lga qo'yildi. Bu orqali hududda maktabgacha ta'lim xizmatlarini kengaytirish hamda bolalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish imkoni paydo bo'ldi.

Bog'cha ochilishi munosabati bilan o'tkazilgan tadbirda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi rahbari, tuman hokimining o'rinbosari va mas'ul xodimlar, shuningdek mahalla nuroniylari ishtirok etdi. Ular yangi muassasada yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.