"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Andijon viloyatida joriy yilgi kuzgi ko'chat ekish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati hokimligi tashabbusi bilan Andijon tumanidagi "Bobur shahri" hududida 50 gektar yer maydoni manzarali daraxt va buta ko'chatlarini ekish uchun tayyorlangan. Shuningdek, viloyatdagi tashkilot va idoralarga o'z hududlarida yashil maydonlar barpo etish maqsadida 20 sotixdan 50 sotixgacha yer maydonlari ajratib berildi.
Belgilangan topshiriqlarga muvofiq, joriy yilning noyabr oyidan boshlab ushbu hududlarda manzarali daraxt va buta ko'chatlarini ekish ishlari boshlanadi. Bu tadbirlar viloyatda yashil hududlarni kengaytirish, ekologik muhitni yaxshilash va havoning musaffoligini ta'minlashga xizmat qiladi.



