Asaka tumani Navbahor mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi Pastki Cho'nbog'ich ko'chasida yashovchi fuqarolarning murojaati yuzasidan tuman hokimi tomonidan tegishli choralar ko'rilmoqda.
Hozirgi kunda ko'chada temir-beton tayanch ustunlarini o'rnatish ishlari olib borilmoqda.
Tuman press-xizmati ma'lumotiga ko'ra, bu ishlar aholi murojaatlarini o'z vaqtida hal etish hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.



