Prezident olimpiadasi doirasida erkin kurash bo'yicha o'tkazilgan musobaqalarda Andijon viloyati yosh sportchilari muvaffaqiyatli chiqish qilib, sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritdi.

41 kg vazn toifasida bellashgan Rayimjonov Timurbek barcha raqiblarini mag'lub etib, musobaqaning oltin medali va birinchi o'rin sohibi bo'ldi. 48 kg vazn toifasida ishtirok etgan Yo'ldoshmirzayev Muhammadjon esa kuchli raqobat sharoitida uchinchi o'rinni egalladi.

Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, ushbu natijalar yosh sportchilarning mashg'ulotlarga mas'uliyatli yondashuvi va musobaqalarga puxta tayyorgarligi natijasi bo'ldi.