Prezident olimpiadasi doirasida davom etayotgan taekvondo WT bo'yicha musobaqalarda Andijon viloyati vakillari yana ikki medalga sohib bo'ldi.

61 kg vazn toifasida bellashgan Jalaquduq tumanidan Oloviddin Abdug'ulomov kumush medal — 2-o'rinni qo'lga kiritdi. 59 kg vazn toifasida Sa'diyaxon Saidjahonova esa bronza medal, ya'ni 3-o'rinni egalladi.

Jalaquduq tumani press-xizmati ma'lumotiga ko'ra, taekvondo WT bo'yicha bahslar davom etmoqda, viloyat sportchilariga keyingi musobaqalarda ham omad tilanmoqda.



