Toshkent shahridagi JAR sport saroyida bo'lib o'tgan musobaqada Jalaquduq tumani vakili chempionlikni qo'lga kiritdi. Oyim shaharchasidagi 31-umumta'lim maktabining 9-"B" sinf o'quvchisi Örinboyeva Begoyim Ibrohimjon qizi 56 kilogramm vazn toifasida barcha raqiblaridan ustun kelib, g'oliblikka erishdi.
Jalaquduq tumani hokimligi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, yosh sportchining bu yutug'i tumanda sport sohasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarning samarasi sifatida baholanmoqda.
Tuman rahbariyati yosh chempionni erishgan yutug'i bilan tabriklab, unga kelgusi musobaqalarda ham yangi marralarni zabt etishni tilagan.



