Ayni kunlarda o'tkazilayotgan Prezident olimpiadasi sport musobaqalarida Oltinko'l tumani vakili Muhammadjon Yuldashmirzayev muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Erkin kurash bo'yicha 48 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan sportchi musobaqada faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi.
Yosh sportchining ushbu yutug'i Oltinko'l tumani hokimligi matbuot xizmati tomonidan e'lon qilindi, u kelgusi musobaqalarda ham yangi zafarlarga erishishi istab qolindi.



