O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil topganining 35 yilligi munosabati bilan Oltinko'l tumanidagi 13-umumta'lim maktabida sport tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M. Sultonova, tuman hokimi o'rinbosari G. Yo'lchiyeva, O'zbekiston XDP viloyat Kengashi raisi M. Maqsudov hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Tadbir doirasida ota-onalar va bolalar o'rtasida "Quvnoq startlar" sport musobaqasi o'tkazildi.

Musobaqa yakunida g'oliblar tashkilotchilar tomonidan partiyaning tashakkurnomalari va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.