Marhamat tumani sport maktabining sportchisi Abdukarimov Azizbek "Uzbekistan Para Athletics Open Championships-2026" xalqaro musobaqasida yuksak natijaga erishdi.

Sportchi F-54 toifasida ishtirok etib, 8 metr 84 santimetrlik natija bilan musobaqada birinchi o'rinni egalladi va xalqaro turnir chempioni unvonini qo'lga kiritdi.

Marhamat tumani hokimligi bu yutuq munosabati bilan sportchi va uning murabbiylarini, shuningdek Marhamat tumani sport maktabi jamoasini tabrikladi.