Prezident Olimpiadasi doirasida o'tkazilgan para suzish musobaqalarida Marhamat tumani sport maktabining sportchi qizlari jami olti medalni qo'lga kiritdi.
Musobaqalar natijasida Hoshimova Charosxon bitta oltin, ikkita kumush va bitta bronza medalga sazovor bo'ldi. Abdumo'minova Ruxshona esa ikkita bronza medal qo'lga kiritdi.
Sportchilarni musobaqaga tayyorlagan murabbiylar Maripjonov Mirzoxid, Kamolov Jamshid va Abdurashidov Abdulbosit bo'lib, tuman hokimligi matbuot xizmati g'olib va sovrindor sportchilarni ushbu yutuqlari bilan muborakbod etdi.



