Qirg'iziston Respublikasining Bishkek shahrida o'tkazilgan 4-Para Osiyo chempionatida Marhamat tumani sport maktabi o'quvchisi Farzona Abdumutalipova yuksak natija ko'rsatdi.

Sportchi “Blits” yo'nalishi bo'yicha musobaqalarda g'olib chiqib, Osiyo chempioni unvoniga sazovor bo'ldi. “Rapid” bahslarida esa u kumush medal bilan taqdirlandi.

2016-yilda Andijon viloyati Marhamat tumanida tug'ilgan Farzona Abdumutalipova murabbiysi Najmiddin Umarov rahbarligida ko'plab musobaqalarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Marhamat tumani hokimligi yosh sportchini ushbu g'alabasi bilan tabrikladi.