Marhamat tumani Xalq deputatlari Kengashi Kotibiyat mudiri I. Aliqulov hamda Kengash deputati T. Mamajonov tumandagi bozorlarda o'rganish ishlarini olib bordi.
O'rganish davomida aholi kundalik ehtiyoji uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi, sifati va mavjud zaxiralari tahlil qilindi, shuningdek, narxlar barqarorligi va aholi uchun qulay savdo sharoitlari yaratilganligiga alohida e'tibor qaratildi.
Olib borilgan ishlardan maqsad aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, bozorlarda narx barqarorligini saqlash hamda mavjud muammolarni o'z vaqtida aniqlab, ularning yechimini topishdan iborat bo'ldi.



