Asaka tumani hokimi o'rinbosari Ergashobod mahalla fuqarolar yig'ini hududida xitoylik tadbirkor tashabbusi bilan tashkil etilayotgan "Anjiyan Xuanjiyan" MChJ qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida korxonada ishlab chiqarish uskunalarini o'rnatish jarayoni ko'rib chiqildi, loyihani belgilangan muddatlarda ishga tushirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Yangi korxonaning ishga tushirilishi tumanda sanoat salohiyatini oshirish, qo'shimcha ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish hamda aholi bandligini ta'minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.



