Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov oliy ta'lim muassasalari talabalari, texnikum rahbarlari hamda yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

Uchrashuvda til o'rgatishga ixtisoslashgan o'quv markazlarini tashkil etish, ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini yo'lga qo'yish va xususiy bandlik agentliklarini ochish istagidagi yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari muhokama qilindi. Ishtirokchilar o'z loyihalarini amalga oshirish uchun zarur amaliy yordam va shart-sharoitlar yuzasidan takliflarini bildirdilar.

Hokim har bir tashabbusni diqqat bilan tinglab, yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va rivojlantirishi uchun ularni qo'llab-quvvatlash zarurligini ta'kidladi, mas'ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, xorijda mehnat faoliyatini yo'lga qo'ymoqchi bo'lgan fuqarolarni talab yuqori bo'lgan kasb-hunarlar va chet tillariga tayyorlash, texnikumlardagi o'quv dasturlarini xorijiy ish beruvchilarning talablariga moslashtirish masalalari ham ko'rib chiqildi.