Andijon viloyatida tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlash va aholi bandligini ta'minlash borasidagi ishlar davom etmoqda.
Viloyat soliq organlari ma'lumotlariga ko'ra, joriy yilning oktyabr oyida xodimlarning amaliy ko'magi bilan 6 432 ta korxonaning faoliyati qayta tiklanishiga erishilgan.
Bu ishlar natijasida 1 621 ta yangi ish o'rni yaratilgani qayd etilgan. Soliq boshqarmasida bildirilishicha, bunday yondashuv tadbirkorlarga ko'mak berish, ularning muammolarini o'rganish va faoliyatini tiklashga amaliy yordam ko'rsatish tamoyiliga asoslangan.



