Andijon viloyati Kasbiy ta'lim boshqarmasi hamda Sport boshqarmasi hamkorligida texnikum o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan "Sport ligasi" musobaqalari o'z yakuniga yetdi.

Bellashuvlarda Bo'ston tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi terma jamoalari qatnashib, qizlar terma jamoasi faxrli 1-o'rinni, o'g'il bolalar terma jamoasi esa 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

Bo'ston tumani hokimligi matbuot xizmati sportchi yoshlar va ularning murabbiylarini bu yorqin g'alaba bilan tabrikladi.