Prezident Paralimpiadasi-2026-yilgi musobaqalarida Andijon shahar 2-son sport maktabining para suzish sport turi bo'yicha sportchisi Anvarova Musharraf ishtirok etdi.

Sportchi ikkita yo'nalishda faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi: 100 metr chalqancha suzish (S9 yo'nalishi) va 100 metr Butterfly suzish (S9 yo'nalishi) bo'yicha musobaqalarda bronza medalga sazovor bo'ldi.

Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati sportchini qo'lga kiritgan natijalari bilan tabriklab, kelgusi musobaqalarda ham yangi yutuqlarga erishishini tilagan.