Prezident Paralimpiadasi – 2026 musobaqalarida Andijon tumani sport maktabining sportchisi, tumanda istiqomat qiluvchi Munisaxon Odilova suzish bo'yicha jami to'rt medalni qo'lga kiritdi.
S7 klass toifasida o'tkazilgan musobaqalarda sportchi 50 metr erkin uslida suzish va 100 metr chalqancha suzishda birinchi o'rinni egallab, ikkita oltin medalga sazovor bo'ldi. Shuningdek, u 100 metr brass uslida suzishda ikkinchi, 100 metr batterflyay uslida suzishda esa uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Mahalliy matbuot xizmati sportchining bu yutug'ini uning tinimsiz mehnati va sportga sadoqatining natijasi sifatida baholadi va uni ikkita oltin, bitta kumush va bitta bronza medal bilan muborakbod etdi.



