"Prezident olimpiadasi" doirasida o'tkazilayotgan para suzish musobaqalarining navbatdagi kunida Andijon viloyati vakillari yana muvaffaqiyatli chiqish qildi. Sportchilarimiz jami 13 ta medalni — 5 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medalni qo'lga kiritib, viloyatimiz sharafini munosib himoya qildi.
Oltin medal sohiblari qatorida Hikmatillo Nishonboyev, Oyatbek Qozimjonov, Munisaxon Odilova va Hikmatulloh Haydaraliyev bor. Kumush medallarni Ominaxon Ulug'bekova, Hikmatillo Nishonboyev va Charosxon Hoshimova qo'lga kiritdi, bronza medallarga esa Munisaxon Odilova, Musharrafbegim Anvarova, Dilshodbek Po'latjonov va Charosxon Hoshimova sazovor bo'ldi.
Manbada ta'kidlanishicha, erishilgan natijalar sportchilarning yuksak irodasi, muntazam mashg'ulotlari va musobaqaga puxta tayyorgarlik ko'rganidan dalolat beradi.



