Prezident olimpiadasi doirasida para suzish boyicha musobaqalar boshlandi. Musobaqaning dastlabki kunida sportchilar erkin suzish va brass uslublarida ozaro bellashdi.

Bahslarda Andijon viloyati vakillari munosib ishtirok etib, jami 14 ta medalni qolga kiritdi. Jamgarmada 4 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza medal bor.

Oltin medallarni Odilova Munisaxon, Xaydaraliyev Hikmatulloh va Hoshimova Charoshon qolga kiritdi. Kumush medallarga Nishonboyev Hikmatillo, Kozimjonov Oyatbek, Odilova Munisaxon, Kamolov Sardorbek, Polatjonov Dilshodbek va Hoshimova Charoshon sazovor boldi. Bronza medallarni esa Nishonboyev Hikmatillo, Abdumuminova Ruxshona va Kamolov Sardorbek qolga kiritdi.

Shunday qilib, andijonlik para suzuvchilar musobaqaning ilk kunini munosib natija bilan yakunlab, viloyat delegatsiyasining medallar jamgarmasini boyitdi.