2026-yilgi Prezident Paralimpiadasida para suzish sport turi bo'yicha Andijon shahar 1-son sport maktabi sportchisi Haydaraliyev Hikmatulloh Sardorbek o'g'li yuksak natijalarga erishdi.
Sportchi musobaqaning S10 toifasida 100 metr chalqancha suzish, 50 metr erkin uslub, 100 metr brass va 100 metr batterflyay suzish yo'nalishlarining barchasida birinchi o'rinni qo'lga kiritib, jami to'rtta oltin medal sohibi bo'ldi.
Sportchining bu yutug'i Andijon viloyati vakillarining Prezident Paralimpiadasidagi yana bir muvaffaqiyatli chiqishi sifatida baholanmoqda.



