Prezident Paralimpiadasi – 2026 musobaqalarida Andijon shahar 1-son sport maktabi sportchisi Nishonboyev Hikmatillo Sharifjon o'g'li para suzish sport turi bo'yicha yuksak natija ko'rsatdi.

Sportchi musobaqa davomida jami to'rtta medalni qo'lga kiritdi: 100 metr chalqancha suzishda (S6 toifasi) birinchi o'rinni egalladi, 100 metr brass va 100 metr batterflyay suzish turlarida ikkinchi o'rinlarni, 50 metr erkin uslubda suzishda esa uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati sportchi va uning murabbiylarini, shuningdek 1-son sport maktabi jamoasini erishilgan yutuq bilan tabrikladi.