Davlat kadastrlari palatasi tizimi xodimlari o'rtasida o'tkazilgan "Davlat kadastrlari palatasi kubogi – 2026" sport musobaqasining stol tennisi bo'yicha respublika bosqichi yakunlandi.
Hududlardan saralangan kuchli ishtirokchilar o'rtasida o'tgan murosasiz bellashuvlar natijasida Andijon viloyati boshqarmasi xodimi Qodirova Mavludaxon ayollar o'rtasidagi yakkalik bahslarida faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
Bu g'alaba nafaqat sportchining shaxsiy mahorati, balki Andijon viloyati kadastr xizmati jamoasi uchun ham katta yutuq sanaladi.



