
Paxtaobodlik yosh kikboksyorlar Jahon kubogida 7 medal qo'lga kiritdi
Toshkentda o'tgan kikboksing bo'yicha Jahon kubogida Paxtaobod tumani 2-son sport maktabi o'quvchilari 1 oltin, 3 kumush va 3 bronza medalni qo'lga kiritdi.

Paxtaobodlik polvonlar belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston kubogida 3 oltin medal qo'lga kiritdi
Paxtaobod tumani 1-son sport maktabi o'quvchilari Buxoro viloyatining G'ijduvon tumanida o'tgan belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston kubogida 3 ta oltin va 1 ta bronza medalga sazovor bo'ldi.

Paxtaobodlik parasportchi Rustamjon Sotiboldiyev paratriatlon bo'yicha Osiyo chempioni bo'ldi
Paxtaobod tumanining Andijon mahallasida istiqomat qiluvchi Rustamjon Sotiboldiyev Filippinda o'tgan paratriatlon bo'yicha 2026-yil Osiyo chempionatida birinchi o'rinni egalladi.

Paxtaobodda yopiq futbol maydonchasi foydalanishga topshirildi
Paxtaobod tumani Shuvoqzor-Boykechik mahallasidagi 9-sonli maktab hududida Qishloq joylarini rivojlantirish dasturi doirasida zamonaviy yopiq futbol maydonchasi va yuvinish xonalari qurib bitirildi.

Paxtaobodlik yosh sportchilar flag-futbol boʻyicha Oʻzbekiston kubogida medal qoʻlga kiritdi
Paxtaobod tumani 1-son sport maktabi tarbiyalanuvchilari Andijon viloyati terma jamoasi tarkibida U-13 yoshlar oʻrtasidagi Flag futbol boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Kubogida kumush va oltin medallarga sazovor boʻldi.