Paxtaobod tumanining Andijon mahallasida yashovchi yosh parasportchi Rustamjon Sotiboldiyev xalqaro miqyosda yuksak natija qayd etdi.

Filippinda o'tkazilgan paratriatlon bo'yicha 2026-yil Osiyo chempionatida Sotiboldiyev faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Tuman hokimligi matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, bu g'alaba sportchining ko'p yillik mashaqqatli mehnati, matonati va qat'iyatining natijasidir. Tuman rahbariyati Sotiboldiyevni ushbu yutuq bilan tabrikladi.

Rustamjon Sotiboldiyevning erishgan natijasi nafaqat Paxtaobod tumani, balki butun Andijon viloyati sport ahli uchun katta faxr hisoblanadi.