Paxtaobod tumani 1-son sport maktabi tarbiyalanuvchilari yana bir nufuzli musobaqada munosib natija koʻrsatdi. U-13 yoshlar oʻrtasida Flag futbol boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Kubogi musobaqasida Andijon viloyati terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan yosh sportchilar gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Musobaqa yakuniga koʻra, oʻsmirlar jamoasi faxrli 2-oʻrinni egallab, kumush medalga sazovor boʻldi. Jamoa tarkibida Adixamjonov Iqboljon, Saydullayev Islombek, Oʻshxoʻjayev Murodullo, Tuxtemirov Saidvoqqosxon, Tursunboyev Saidazizxon va Abduvoxidov Saidumar ishtirok etdi.

Qizlar jamoasi esa musobaqada faxrli 1-oʻrinni egallab, oltin medal sohibiga aylandi. Jamoa tarkibida Xusanboyeva Mohlaroy, Abdunabiyeva Osiyo, Abdullaxayeva Hadichaxon va Ibragimova Nilufar bor edi.