Paxtaobod tumanining Shuvoqzor-Boykechik mahallasida joylashgan 9-sonli umumta'lim maktabi hududida zamonaviy yopiq futbol maydonchasi hamda yuvinish xonalari qurib bitkazildi.
Loyiha Qishloq joylarini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirildi. Sport majmuasining ochilish marosimida tuman hokimi, mahalla nuroniylari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Yangi sport inshooti o'quvchi-yoshlarning sport bilan muntazam shug'ullanishi, bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishi va sog'lom turmush tarzini shakllantirishi uchun qulay sharoit yaratadi.



