Joriy yilning 13–18-oktabr kunlari Toshkent shahrida 46 davlat sportchilari ishtirokida kikboksing bo'yicha Jahon kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi.

Nufuzli musobaqada Paxtaobod tumani 2-son sport maktabi o'quvchilari ham munosib ishtirok etib, jami 7 ta medalni qo'lga kiritdi.

Yuldashev Muhammad Yusuf oltin medalga sazovor bo'ldi. Abdurashidov Alimardon, Ibrohimova Zuxraxon va Jo'rayev Ozodbek kumush medal, Qodirjonova Sa'diyabonu, Mahmudov Muhammadiyor va Abdulhamidova Gulchiroy esa bronza medal qo'lga kiritdi.

Paxtaobod tumani hokimligi g'olib va sovrindor yosh sportchilarni, shuningdek, ularning ota-onalari va murabbiylarini samimiy tabrikladi.