Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida o'tkazilayotgan 2026-yilgi Para Osiyo o'yinlarida Andijon viloyatidan 18 nafar sportchi qatnashmoqda.

Vakillarimiz hozirgi kungacha jami 17 ta medal — 6 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza medal qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Ayniqsa, ikki nafar sportchining Para Osiyo o'yinlari rekordlarini yangilagani alohida e'tiborga molik.

Qudratillohon Ma'rufxo'jayev F37 klassida disk uloqtirish bo'yicha 57,39 metr natija bilan oltin medalni qo'lga kiritib, musobaqa rekordini o'rnatdi. Boburjon Omonov esa F41 klassida yadro uloqtirish bo'yicha 13,07 metr natija ko'rsatib, oltin medal bilan birga Para Osiyo o'yinlari rekordini yangiladi.

Mazkur yutuqlar Andijon sporti salohiyatining yorqin ifodasi bo'lib, yosh avlodni yangi marralar sari intilishga ruhlantirmoqda.