Bo'ston tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida maktab o'quvchilari o'rtasida stritbol sport turi bo'yicha musobaqaning tuman bosqichi tashkil etildi.

Musobaqadan ko'zlangan asosiy maqsad — yoshlar o'rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlashdan iborat bo'ldi. Musobaqa davomida o'quvchilar o'z sport mahorati, chaqqonligi va jamoaviy hamkorlik ko'nikmalarini namoyon etdilar.

Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar Bo'ston tumani hokimining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.