Andijon shahrida "Prezident olimpiadasi" sport musobaqalarining respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan viloyat terma jamoasi a'zolari va ularning murabbiylarini tantanali kuzatish marosimi bo'lib o'tdi.
Oltinko'l tumani hokimligi matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, ushbu nufuzli musobaqada tumandan 10 nafar yosh sportchi hamda 4 nafar murabbiy ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan.
Tadbir yakunida yosh sportchilarga respublika bosqichida omad va yuqori natijalarga erishish tilangan.



