2026-yil 14-17-oktabr kunlari Buxoro viloyatining G'ijduvon tumanida belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda Paxtaobod tumani 1-son sport maktabi tarbiyalanuvchilari ishtirok etib, yuksak natijalarga erishdi.

Musobaqa yakunida Solijonov Sardorbek, Madaminjonov Madiminjon va Ahmadjonov Mo'minjon oltin medalga, Ismoiljonov Ummatillo esa bronza medaliga sazovor bo'ldi. Jami hisobda tuman sportchilari 3 ta oltin va 1 ta bronza medal qo'lga kiritdi.

Paxtaobod tumani hokimligi sportchilarni, ularning ota-onalari hamda murabbiylari X. Hamzaxo'jayev, U. Mamtirayimov va M. Salaevni ushbu yutuq bilan muborakbod etdi.

Tuman rahbariyati yosh sportchilarga kelgusi musobaqalarda ham yangi g'alabalar tilab, ularni qo'llab-quvvatlashni davom ettirmoqda.