Xo'jaobod tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tizimidagi umumta'lim maktablari hamda davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida xavfsiz muhitni ta'minlashga qaratilgan o'quv mashg'ulotlari ikkinchi kun davom etmoqda.
Mashg'ulotlarda ta'lim muassasalarining mas'ul xodimlariga tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish, mavjud xavf-xatarlarni o'z vaqtida aniqlash hamda bolalar huquqlarini himoya qilish bo'yicha zarur bilim va tavsiyalar berilmoqda.
Tashkilotchilarning ma'lumotiga ko'ra, bunday mashg'ulotlar mas'ul xodimlarning bilim va ko'nikmalarini oshirish, ta'lim muassasalarida xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.



