"Xavfsiz va sog'lom yurt" tezkor-profilaktik oyligi doirasida Izboskan tumanidagi 16-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanuvchi bolajonlar ishtirokida yo'l harakati xavfsizligiga bag'ishlangan qiziqarli amaliy mashg'ulotlar tashkil etildi.

Mashg'ulotlar davomida kichkintoylarga yo'l harakati qoidalari, yo'l belgilari, svetofor ishoralari hamda piyodalarning harakatlanish tartibi sodda va tushunarli tarzda o'rgatildi.

Tadbir tashkilotchilari fikricha, yo'l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini bolalikdan shakllantirish kelajakda xavfsiz harakatlanishning muhim garovi hisoblanadi.