"Xavfsiz va sog'lom yurt" keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining uchinchi bosqichi doirasida Andijon viloyati IIB Jinoyat-ijro xizmati Probatsiya boshqarmasi hamda Qo'rg'ontepa tuman sudi hamkorligida "sayyor sud" tadbiri tashkil etildi.
Sud jarayonida qilmishidan chin ko'ngildan pushaymon bo'lib, tuzalish yo'liga o'tgan 7 nafar shaxs belgilangan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi. Aksincha, jazodan tegishli xulosa chiqarmagan va uni o'tashdan bo'yin tovlagan 4 nafar shaxsga nisbatan belgilangan jazo og'irroq turdagi jazoga almashtirildi.
Tadbir so'ngida probatsiya hisobidagi shaxslar bilan ochiq muloqot o'tkazilib, "Ishga marhamat" mehnat yarmarkasi tashkil etildi va 8 nafar shaxsga bo'sh ish o'rinlariga joylashish uchun yo'llanmalar berildi.



