Xo'jaobod tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamda Yoshlar agentligi tuman bo'limi hamkorligida tuzilgan reja-dastur asosida, tuman mudofaa ishlar bo'limi boshlig'i podpolkovnik I. Erkinov tumandagi 25-umumta'lim maktabiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida bitiruvchi yoshlar bilan O'zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, Harbiy aviatsiya instituti hamda boshqa oliy harbiy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish tartiblarini tushuntirish bo'yicha davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir o'quvchilar o'rtasida erkin va samimiy muhitda o'tkazildi.



