Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati O. Olmaboyev, "Yangi hayot" saylov okrugi deputati I. Jo'rayev va Kengash kotibiyati mudiri T. Saipov ishtirokida Qo'rg'ontepa tumanidagi kanalizatsiya stansiyasining joriy faoliyati va mavjud muammolari o'rganildi.

Tekshiruv natijasida stansiya 2018-yilda rekonstruksiya qilingani, ammo kanalizatsiya quvurlari so'nggi 8 yil davomida tozalanmagani aniqlandi. Natijada quvurlar to'lib qolgan va bu holat jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Shuningdek, oqova suvlarni tozalash inshootiga yo'naltirishda ishlatiladigan nasos uskunasi ham eskirgani, tizimning barqaror ishlashi uchun yangi uskuna zarurligi ta'kidlandi. Mas'ul tashkilotlarga quvurlarni tozalash va nasos uskunasini yangilash bo'yicha aniq mablag' va muddatlarni belgilash topshirildi.