Qorg'ontepa tuman adliya bo'limi boshlig'i I. Axmedov Dehqonobod mahallasidagi biriktirilgan oilalarning xonadonlariga "mahalla yettiligi" tarkibi bilan birgalikda tashrif buyurib, qo'shimcha o'rganish ishlarini olib bordi.
Tashrif davomida yangi biriktirilgan oilalarning mavjud muammolari aniqlanib, ularning mehnatga layoqatli a'zolarini ishga joylashtirish va daromadlarini oshirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.



