"Xavfsiz va sog'lom yurt" tezkor-profilaktik tadbiri oyligi doirasida Qo'rg'ontepa tumanidagi 52-son maktab oldidan o'tuvchi serqatnov avtomobil yo'liga sun'iy notekislik o'rnatildi.
Mazkur chora maktab o'quvchilarining yo'ldan xavfsiz o'tishini ta'minlash, haydovchilarning tezligini pasaytirish hamda yo'l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan.



