Andijon viloyati IIB Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi "Xavfsiz va sog'lom yurt" tezkor-profilaktik oyligi doirasida Qo'rg'ontepa tumani markazida yo'l infratuzilmasini yaxshilash bo'yicha ishlarni amalga oshirdi.
Ekspluatatsiya-montaj bo'limi xodimlari tuman markazidagi yo'llarga yangi yotiq chiziqlar chizdi, yangi yo'l belgilarini o'rnatdi va nosoz holatga tushgan svetofor qurilmalarini ta'mirladi.
Amalga oshirilgan ishlar yo'l harakati ishtirokchilari uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish, shuningdek yo'l-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi.



