Andijon viloyati Qaytaruv guruhi a'zolari tomonidan Qorasuv shahrida ayollar o'rtasida "Jaholatga qarshi ma'rifat" g'oyasi asosida tushuntirish va profilaktika ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida ayollarga oilaviy qadriyatlarni asrash, farzandlar tarbiyasida ma'naviy ogohlikning ahamiyati, shuningdek turli zararli g'oya va axborot xurujlaridan himoyalanish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilarning savollariga javob qaytarilib, ochiq muloqot tashkil etildi.

Tashkilotchilar bunday tadbirlarning jamiyatda tinchlik, barqarorlik va ma'rifatli muhitni mustahkamlashga xizmat qilishini ta'kidladilar.