Paxtaobod tuman hokimligida mahalla tizimi faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida bir guruh mahalla yettiligi faollariga kompyuter jamlanmalari topshirildi.
Yangi texnik vositalar mahallalarda ish yuritish jarayonlarini raqamlashtirish, aholi murojaatlari bilan ishlashni yaxshilash hamda vazifalarni samaraliroq tashkil etishga xizmat qiladi.
Tashabbus mahalla tizimi xodimlarini qo'llab-quvvatlash va ularning faoliyati uchun zarur shart-sharoit yaratishga qaratilgan.



